"Zamin silkinganda, faqat ogohlik hayotni saqlaydi!"
2025-07-19 10:55:00 / Yangiliklar

Respublikamiz hududidagi suv omborlari to‘g‘onlarining seysmik mustahkamligini doimiy nazorat qilib borish va o‘z vaqtida aholini xavflardan ogohlantirish maqsadida, FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi mutaxassislari tomonidan suv omborlariga seysmik-mobil stansiyalar o‘rnatilmoqda.
Xususan, bunday seysmik stansiyalarni Farg‘ona viloyatida joylashgan “Karkidon” va “Qo‘rg‘ontepa” hamda Namangan viloyatida joylashgan “Rezaksoy”, “Chortoq”, “Yertikan” va “Jiydalisoy” suv omborlari to‘g‘onlarida o‘rnatilib, ishga tushirilganligini misol qilsh mumkin.


