Suv – do‘st ham, xavf ham!
2025-07-19 10:30:00 / Yangiliklar

Respublikamiz bo‘ylab barcha suv havzalari va suv omborlarida soha xodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar doimiy ravishda olib borilmoqda. Xususan, bu kabi tadbirlar Surxondaryo va Jizzax viloyatlari FVB tomonidan tashkil etildi.
Tadbirlar davomida fuqarolarga kichik hajmli kemalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, yong‘in va cho‘kish holatlarining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.




