Hamkorlikdagi ishlar jadallashmoqda
2025-07-18 20:40:00 / Yangiliklar
"Birlashgan maqsad — yuksak ma’naviyat"
Favqulodda vaziyatlar vazirligi shaxsiy tarkibining mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ma’naviy intellekti, millliy va jangovar ruhini kuchaytirish, kasbga bo‘lgan sadoqatini oshirish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Bu borada vazirlikning barcha hududiy boshqarmalari hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy bo‘limlari o‘rtasida imzolanayotgan memorandumlar, ikki tomonlama kelishuvlar va rejalar hamkorlikni yanada mustahkamlamoqda.
Ushbu tashabbuslar qutqaruvchilarning ma’naviy barkamolligini ta’minlash, ezgulik va ahillikka undashda muhim poydevor vazifasini bajaradi.
