Yong‘in xavfsizligi – kun tartibidagi dolzarb masala
2025-07-18 18:45:00 / Yangiliklar
Respublika bo‘ylab barcha turdagi gaz to‘ldirish shoxobchalarida kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Jarayonda, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishi, texnik vositalarning soz holatda bo‘lishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Soha xodimlari tomonidan shoxobchalarda yong‘inga qarshi vositalar, yong‘indan avtomatik xabar berish tizimlari va evakuatsiya yo‘laklarining holati ko‘zdan kechirilmoqda. Shuningdek, korxonalarning ishchi-xizmatchi bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlanmoqda.
Mazkur tadbirlar yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta'minlash va tezkor harakat qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha korxona va tashkilot rahbarlaridan, yong‘in xavfsizligi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini so‘rab qoladi.
