Favqulodda vaziyatda to‘g‘ri harakat – hayotni saqlab qolish kafolati
2025-07-18 17:55:00 / Yangiliklar
Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari bilan hamkorlikda yoz faslida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza qilishga qaratilgan profilaktika tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlari Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi “Yangi ro‘zg‘or” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Janub gavhari” bolalar yozgi dam olish oromgohi, Jizzax viloyati Yangiobod tumani mahalla fuqaro yig‘inlari, tumandagi 12-sonli umumta'lim maktabda tashkil etilgan bolalar oromgohi va “Yangiobod baraka chevarlari tekstil” MChJda hamda Toshkent shaxridagi 51-sonli oilaviy poliklinikada o‘tkazildi.
Tadbirlar doirasida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar oshirildi, shuningdek, maxsus yong‘in-qutqaruv texnikalari va asbob-anjomlari ko‘rgazmasi tashkil etildi va bolajonlar bilan “Favqulodda vaziyatni bilasizmi?” mavzusida viktorina o‘tkazildi.



