Ochiq muloqot - masalaga yechim!
2025-07-18 17:00:00 / Yangiliklar

Toshkent shahar va Sirdaryo viloyati FVB tomonidan tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda hududda joylashgan barcha turdagi yoqilg‘i quyish shahobchalari, yong'in xavfi yuqori obyektlar rahbarlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbir davomida FVB rahbar xodimlari tomonidan Avtomobillarga gaz taqsimlash kompressor shaxobchalari va Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalarida yongʻin va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olish, shaharsozlik norma talablariga toʻloqonli amal qilish shuningdek, faoliyat davomida yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qilinishi lozimligi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, ochiq muloqot davomida korxona rahbarlari bilan davra suhbati tashkil etilib, ularning takliflari tinglandi va ijobiy yechim topish maqsadida mas'ullarga topshiriq berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.



