Kattaqo‘rg‘on suv omborida profilaktik tadbirlar davom etmoqda
2025-07-18 10:45:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati FVB rahbariyati boshchiligida Kattaqo‘rg‘on suv omborida cho‘milish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar doimiy olib borilmoqda.
Unda, aholiga suvda xavfsizlik qoidalari, kichik hajmli kemalardan foydalanish tartibi shuningdek, taqiqlangan joylarda cho‘milayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi.




