Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi
2025-07-16 17:45:00 / Yangiliklar

Muloqotda axborot xuruji va mafkuraviy raqobat kuchayib borayotgan hozirgi davrda har bir xodimni chinakam “g‘oyaviy qutqaruvchi”ga aylantirish, kimga va nimaga xizmat qilayotganini chuqur anglaydigan, mustahkam mafkuraviy immunitetga ega harbiy xizmatchilarni tarbiyalash dolzarb vazifa ekanligi ta’kidlandi. Shu maqsadda, 2025-2026-yillar davomida amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Tadbir davomida vazirlik harbiy xizmatchilari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, “Liderlar kitobi”, boshqaruv san’ati, kitob tanlash va ilm olish tartibiga oid savollarga atroflicha javob berildi. Uchrashuv yakunida Vatanga muhabbat, xizmatga sadoqat, mas’uliyat va tartib-intizom muvaffaqiyat garovi ekanligi ta’kidlandi.





