Andijonda ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
2025-07-16 17:30:00 / Yangiliklar

Bugun, 16-iyul kuni Bosh prokuror o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, FVV Markaziy apparati mas’ul xodimlari, viloyat FVB rahbariyati hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani va Xonobod shahrida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, pensionerlar va yoshlarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi va bayon etilgan masalalar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor murojaatlarni o‘z vaqtida hal etishga qaratilib, mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.





