"Toshkent xalqaro aeroporti" da profilaktik tadbir tashkil etildi
2025-07-15 14:10:00 / Yangiliklar

FVV xodimlari tomonidan "Toshkent xalqaro aeroporti" MCHJning xodimlari bilan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ishchi-xizmatchilar bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ro‘y berganda to‘g‘ri harakat qilish, zilzila va yong‘in vaqtida evakuatsiya tadbirlarini tashkil etish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.



