Fuqaro muhofazasi instituti profilaktik tadbirlarda faol
2025-07-14 11:15:00 / Yangiliklar

Fuqaro muhofazasi instituti xodimlari tomonidan "Suv ta’minoti" AJ va mahalla fuqaro yig‘inlarining xodimlariga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotda xodimlarni tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 3D trenajorlar simulyatorlarida real vaziyat tenglashtirgan holda hamda zilzilada to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy tayyorlash trenajorida mashg‘ulot tashkil etildi.




