“Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida kitob taqdimoti o‘tkazildi
2025-07-12 10:30:00 / Yangiliklar

Kuni kecha, FVV Markaziy apparatida “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida “Buyuklar haqida 100 dalil” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda, loyiha muallifi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ilmiy xodimi Sitora Barliboyeva, “O‘zbekiston tarixi” telekanali direktori Shuhrat Hayitov hamda vazirlik shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Tadbir davomida g‘oya vujudga kelishiga sabab bo‘lgan omillar, xususan, yoshlarga buyuk allomalarimiz to‘g‘risidagi faktlar sodda va qisqa satrlarda, foto va videorolik shaklda, sun’iy intellektdan foydalangan holda ommabop ko‘rinishda yetkazish zarurati haqida to‘xtalib o‘tildi.
Shu bilan birga, mazkur ishlar hozirda boshlang‘ich qadam ekanligi, yana ko‘plab allomalar xususidagi faktlar 8 ta tilda, yoshlar uchun jozibador, qulay va tushunarli shaklda chop etilishi ma’lum qilindi.
O‘z navbatida, vazirlik shaxsiy tarkibi ham mazkur tashabbusni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, kitob targ‘ibotida faol qatnashishi bildirildi.
Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar o‘rtasida qiziqarli faktlar yuzasidan viktorina o‘tkazilib, eng faol xodimlar taqdirlandi.



