Bo‘stonliqda Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan profilaktik tadbir tashkil etildi
2025-07-09 17:20:00 / Yangiliklar
Bugun, 9-iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Metallurg” va “Nihol” bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bolalar bilan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi.

Unda Fuqaro muhofazasi instituti rahbari, Bo‘stonliq ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Chirchiq shahar Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi vakillari ishtirok etdi.
Jarayonda yoshlarni sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, viktorinalar, suvda cho‘milish qoidalari, qutqarish ishlari bo‘yicha qiziqarli tadbirlar o‘tkazilib, o‘quv qo‘llanmalar, tag‘ibot jurnallari, plakatlar va tarqatma materiallar taqdim etildi.


