Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi
2025-07-09 11:25:00 / Yangiliklar

Ushbu Qonun bilan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ham tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlar samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi Qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Qo‘mita aʼzolari tomonidan uning qabul qilinishi aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Majlis yakunida Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.



