Firibgarlardan ogoh bo'ling!
2025-07-04 14:50:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda maxsus kiyim kiygan shaxslar o‘zlarini FVV xodimlari sifatida tanishtirib, aholidan goʻyoki yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganliklari uchun pul to‘lashga majburlayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda. Eslatib oʻtamiz, bu shaxslarning Favqulodda vaziyatlar vazirligiga hech qanday aloqasi yo‘q. Hurmatli fuqarolar, agar shunday holatga duch kelsangiz, zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingizni yoki FVVning 95)-772-10-50 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.
