FVV Akademiyasida press-tur tashkil etildi
2025-06-26 11:40:00 / Yangiliklar

Xususan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi hamda FVV Akademiyasi faoliyatini tezkor, aniq va sifatli yoritilishida Ommaviy axborot vositalari xodimlarining yaqindan samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, shunday kasb egalari borki, millat, mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ularning ko‘magida fuqarolarimizni hayoti, sog‘ligi va moddiy boyliklari saqlab qolinadi. Anglaganingizdek, bu sharafli va mas’uliyatli - qutqaruvchilik kasbidir.
Mazkur sohaga yetuk ofitser-kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hisoblanadi.
Akademiyaning asosiy maqsadi - yangi O‘zbekistonda yangicha fikrlaydigan, zamonaviy hamda o‘z kasbining yetuk mutaxassislarini tayyorlashdan iboratdir.
Bugungi press-turni Akademiya boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov ochib, bugungi shiddatli va murakkab davr media soha xodimlaridan yanada fidoyi va mas’uliyatli bo‘lib, Vatanga, xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishni, yuksak professional mahoratni, qat’iyatni, milliy manfaatlarimizning chin ma’nodagi himoyachisi bo‘lishni, mavzuga teran tahliliy, ijodiy asosda yondashishni talab etilayotgani xususida qayd etib o‘tdi.
Mazkur press-tur doirasida Akademiyaning qisqacha faoliyati xususan, sport tadbirlari, seminar-treninglar, master-klass, yoshlar bilan ochiq miloqot, davra suhbatlari, shuningdek, turli favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish qoidalari, sohaga oid viktorinalar, yong‘in - qutqaruv otryadlarining jangovar yoyilishi namoyishlari, Akademiya kursantlarinining sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha chiqishlari, “Shaxmat” musobaqalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida foydalaniladigan yong‘in va avariya-qutqaruv zamonaviy texnikalari, texnik vositalar, asbob-anjomlarining ko‘rgazmali namoyishlari yuqori saviyada tashkillashtirildi.
Shundan so‘ng, mamnuniyat bilan so‘zga takli etilgan, “Jamiyat” gazetasi bosh muharriri Maqsudjon Jonixonov hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi veb-sayti rahbari Sherali Otaboyevlar o‘z nutqlarida avvalo yuqori saviyada tashkil etilgan press-tur tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, FVV Akademiyasini faoliyatini, ayniqsa OAV vakillari bilan yaqindan o‘rnatilgan ijobiy hamkorlik aloqalarini va ularni kasbi bilan jurnalistlarning fidoyiligini hamohang ekanligini barcha maqsadlar esa faqatgina xalqimizga jonajon Vatanimiz ravnaqi uchun ekanligini e’tirof etdilar.
Press-turning badiiy qismida esa Akademiya rahbariyati tomonidan Akademiyaga tashrif buyurgan barcha OAV vakillarini, jurnalistlarni kasb bayramlari munosabati bilan tantanali taqdirlash marosimi, Akademiya Orkestr jamoasining bayramona konsert dasturi, iqtidorli kursantlarning sahna ko‘rinishlari va san’atkorlarning kuy qo‘shiqlariga ulanib ketdi.
Akademiya axborot xizmati.








