“Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi
2025-06-04 20:15:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar rahbar xodimlari ishtirokida videokonfrensaloqa orqali onlayn va oflayn tarzda “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan oraliq hay’at muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.T.Sotiyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda oylik davrida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va fuqaro muhofazasi sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, mavjud muammolar, ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi. Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan muhokama davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilanib, respublika, viloyat, tuman, shahar darajalarida tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.



