“Abu-Saxiy” buyum bozorining ko‘p qavatli avtoturargohida o‘quv mashqi o‘tkazildi
2025-06-02 17:35:00 / Yangiliklar
FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi va Toshkent shahar FVB shaxsiy tarkibi tomonidan Chilonzor tumanida joylashgan “Abu-Saxiy” buyum bozorining ko‘p qavatli avtoturargohida yong‘in xavfsizligini ta’minlash va boshqa favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Unda jabrlanganlarni xavfsiz joyga olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘inlar va avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarilib, xodimlarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
