Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy maʼlumot
2025-06-01 18:25:00 / Yangiliklar
Bugun ayrim ijtimoiy tarmoqlarda "Ikki sutkadan so‘ng sharqiy yarim shardagi seysmik mintaqalardan birida 7 magnitudan yuqori kuchli zilzila bo‘lish xavfi oshmoqda.Sabab qilib kuchli magnit bo‘roni kuzatilayotgani keltirilmoqda" mazmundagi xabarlar tarqaldi.
Shuni ma'lum qilamizki, seysmik faollik magnit bo‘roniga bog‘liq hodisa emas. Shuningdek, zilzilani vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aniq vaqt va joyini prognoz qilish imkoni yo‘q.
Shu sababli FVV fuqarolardan asossiz ma'lumotlarga ishonib, xavotirga tushmasliklarini so‘rab qoladi.
Shuningdek, FVV Seysmoprognostik monitoring markazi tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra Oʻzbekiston hududida kuchli zilzilalarni koʻrsatuvchi anomal oʻzgarishlar aniqlanmaganligi ma'lum qilinadi.
