ADABIYOT YASHASA – MILLAT YASHAR
2025-05-30 11:10:00 / Yangiliklar

Unda O‘zbekistonning taniqli yozuvchi va shoirlari Minhojiddin Hojimatov hamda Isajon Sultonovlar, Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, kursantlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni kirishi so‘zi bilan Akademiya boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov ochib, kitob umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘st ekanligi, shu bilan birga insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘qligi, shu bois ham azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishganligi xususida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng mamnuniyat bilan so‘z olganlar notiqlar, kitob mutolaasi kishida shunday chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda o‘z o‘rnini topishga, jamiyatning chinakam a’zosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega ekanligi, zero buyuk bobokalonimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari ta’kidlaganlaridek “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir” deya e’tirof etdilar.Shuningdek, kitob, badiiy adabiyotlarning yoshlar ongini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida so‘z bordi. Shuningdek, notiqlar kitob mutolaasi va ijodiy barkamollikning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, aynan favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi harbiy xizmatchilarining jasorati, matonati hamda mashaqqatli va sharafli qutqaruvchilik kasbi haqida samimiy fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shundan so‘ng, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va taklif etilgan mehmonlar tomonidan batafsil javoblar oldilar.
Uchrashuv yakunida Akademiyaga tashriv buyurgan ustozlar Akademiya boshlig‘ining esdalik nishonlari va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi. Shu bilan birga Akademiyaning “Faxriy mehmonlar kitobi”ga o‘zlarininig ezgu niyatlari, o‘gitlari va dastxatlarini esdalik sifatida yozib qoldirdilar.
Muxtasar qilib aytganda, kitob hayot yo‘limizni yoritib turuvchi mayoqdir. U insonga ulkan ma’naviy ozuqa berib, qalbini ezguliklarga oshno etadi. Yaxshi kitob tafakkurga qanot, qalbga yorug‘lik bag‘ishlaydi.




