Uch yoshli bola hayoti asrab qolindi
2025-04-26 21:50:00 / Yangiliklar

Bugun, 26-aprel kuni soat 16:15 da 112 qisqa raqami orqali Namangan viloyati, Uychi tumani "Xo‘jaobod" MFY da yashovchi fuqaro 2022-yilda tug‘ilgan o‘g‘lini nazoratsiz qoldirilishi natijasida yashash uyidagi hojatxonaga tushib ketganligi yuzasidan FVB ga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va olib borilgan tezkor harakatlari natijasida bola hojatxonadan sog‘-salomat chiqarib olinib, ota-onasiga topshirilgan.

