DIQQAT E’LON
2025-04-26 11:50:00 / Yangiliklar
“Tillar” kafedrasi” bo‘yicha:
1 nafar – kafedra dotsenti (Ingliz tili fani bo‘yicha) lavozimi;
“Umumkasbiy va umumilmiy fanlar” kafedrasi bo‘yicha:
1 nafar - kafedra professori (Issiqlik texnikasi, Amaliy mexanika fanlari bo‘yicha) lavozimi.
Tanlovda qatnashishni xohlovchilar Akademiya boshlig‘i nomiga ariza va unga ilova qilib quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
🔹 Kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa;
🔹 Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar nusxasi;
🔹 Ilmiy daraja (shu jumladan, fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD), fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD)darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) egaligi to‘g‘risida guvohnoma;
🔹 Ilmiy unvonga egaligi to‘g‘risida guvohnoma;
🔹 Ilmiy ishlar (monografiya, maqola, tezis va ma’ruza) va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda ular tegishli diplomlar, attestatlar nusxalari va ilmiy ishlar nusxasi va ro‘yxati;
🔹 Malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxasi;
🔹 Ingliz tili o‘qituvchilari xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar nusxalari.
Lavozimlar bo‘yicha talablar:
Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
Professor lavozimini egallash uchun tanlovda fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish, ushbu kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi bo‘lish sharti bilan bir muddatga ishtirok etishi mumkin.
Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
Bir muddatga dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, shuningdek tegishli ilmiy unvonga va ilmiy darajaga ega bo‘lmagan, biroq ushbu mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, mazkur kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis ham qatnashishi mumkin.
Manzil: Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Do‘stlik ko‘chasi 5-uy.
Telefon: (71) 258-56-57, (97) 764-34-87.
