Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
2025-04-25 16:40:00 / Yangiliklar

Bugun, 25-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar mas'ul xodimlari tomonidan Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida harbiy xizmatchi va xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda, FVV mas'ul xodimlari tomonidan tizimda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar, ularning oila a’zolari, shuningdek fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi va bayon etilgan masalalar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor murojaatlarni o‘z vaqtida hal etishga qaratilib, mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.



