Fuqaro muhofazasi institutida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
2025-04-25 10:55:00 / Yangiliklar

Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyada Sog‘liqni saqlash, Raqamli texnologiyalar, Maktab va maktabgacha ta'lim, Mudofaa va qurilish, Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirliklaridan hamda “O‘zbekgidroenergo”, “O‘ztransgaz”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Hududgazta’minot”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” Aksiyadorlik jamiyatlaridan va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari, Toshkent davlat transport unversitetlaridan vakillari va olimlari ishtirok etishdi.
Konferensiyada seysmik xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha mutaxassislar va aholi tayyorgarligini oshirish muammolari hamda ularning yechimlari yuzasidan ma’ruzalar, qiziqarli savol-javoblar va keng bahs munozaralar tarzida o‘tkazildi. Konferensiya mavzusi bo‘yicha 30 dan ortiq maqola va tezislardan iborat materiallar to‘plami nashr etilib, ishtirokchilar va mehmonlarga taqdim etildi.




