Hududlarda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda
2025-04-24 11:50:00 / Yangiliklar

Namangan viloyatining Mingbuloq va Namangan, Xorazm viloyatining Tuproqqal'a va Toshkent viloyatining Piskent tumanlarida "Boshqaruv organlari favqulodda vaziyatlar davlat tuzilmalari hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari" mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda.
Unda, qutqaruvchilar va FVDqT tarkibiga kiruvchi tashkilotlar shartli ravishda sodir bo‘lgan zilzila va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, aholini xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarmoqda.








