Fuqaro muhofazasi institutida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi
2025-04-14 13:55:00 / Yangiliklar

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Fuqaro muhofazasi institutida Toshkent shahrida joylashgan Oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va talabalari hamda mahalla fuqarolari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda, dastlab Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi mavjud zamonaviy yong‘in-qutqaruv texnikalari, maxsus asbob-anjomlari ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishib, ularning imkoniyatlari, qo‘llanilish sohasi hamda foydalanish tartibi bo‘yicha kerakli ma'lumotlar berildi.
Shundan so‘ng, jarayon institutning simulyatsiya markazida davom ettirilib, zamonaviy virtual hamda simulyatsion trenajyorlar orqali turli xususiyatli favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish tartibi, zarur hollarda o‘zi hamda yaqinlariga birinchi yordam ko‘rsatish usullari bo‘yicha ishtirokchilarning amaliy ko‘nikmalari oshirildi.






