“Fuqaro muhofazasi tadbirlarini tashkil etishda eng faol ta’lim muassasasi” tanlovi o‘tkazildi
2025-04-03 11:50:00 / Yangiliklar

Tanlovda universitet talabalarining fuqaro muhofazasi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini baholash uchun fuqaro muhofazasi sohasiga oid viktorina, rasmlar ko‘rgazmasi, qutqaruv tuzilmalarining saf ko‘rigi va evakuatsiya mashqlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan tanlov davomida ishtirokchilarning har bir tanlov shartlari asosidagi nazariy va amaliy bilimlari hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha ko‘rgazmali mashqlari mutaxassislar tomonidan baholandi.
Tadbir yakunida tanlov natijalari e’lon qilinib, tanlov nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Mazkur tadbirlar Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan boshqa oliy ta'lim muassasalarida ham o‘tkazilishi davom etmoqda.





