FVV Akademiyasida “14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi
2025-01-15 15:00:00 / Yangiliklar

Kecha 14-yanvar kuni, FVV Akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda “14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari, bayram munosabati bilan FVV Akademiyasi faxriylari, professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari, xizmatchilari va kursantlari, Yangihayot tumani faollari va bir qator mehmonlar, taniqli san’atkorlar hamda OAV xodimlarini muborakbod etdi.
Taqdirlash marosimida esa tashkilotchilar tomonidan o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, kasbiy mahorati, ijobiy natijalari bilan hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh Yangihayot tumanidagi Ichki ishlar, Bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar, Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limi harbiy xizmatchilariga, shuningdek, FVV Akademiyasi faxriylariga, harbiy xizmatchilari va kursantlarga Favqulodda vaziyatlar vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi, Akademiya boshlig‘i, hamda Yangihayot tuman hokimining faxriy yorliqlari, tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda qabul qilib oldilar.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirning badiiy qismida bayram tabrigi sifatida taniqli san’atkorlar ijrosida kuy-qo‘shiqlar, shuningdek, turli xil sahna ko‘rinishlar ham namoyish etildi.





