Hurmatli generallar, ofitser va serjantlar, xizmatchi xodimlar, muhtaram faxriylar!
2025-01-14 09:50:00 / Yangiliklar

Shuni alohida aytish kerakki, Muhtaram Prezidentimiz – Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo‘mondoni rahbarliklari ostida bugungi kunda yurtimiz mudofaa salohiyatini yuksaltirish, jangovar tuzilmalarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularning tezkorligi va shayligini oshirish, harbiy xizmatni, chinakam ma’noda, shon-sharaf ishiga aylantirish yuzasidan o‘z sifati va mazmuniga ko‘ra, salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham samarali islohotlar jarayonida yurtimiz aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari izchillik bilan tashkillashtirib kelinmoqda.
Vazirligimiz tizimi qutqaruvchi-yong‘in o‘chiruvchilari har nafasda Vatanimizni, ona xalqimizni turli ofatlardan muhofaza qilish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarni qutqarish bilan bog‘liq murakkab vaziyatlarda insonlarga umid va ishonch bag‘ishlamoqdalar.
Xalqimiz farovonligini ta’minlash, fuqarolarni o‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berishdek mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.
Fursatdan foydalanib, Sizlarga mustahkam salomatlik, oilaviy farovonlik, dasturxoningizga qut-baraka, sharafli vazifangizda omad va muvaffaqiyatlar tilagan holda, Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yillik shodiyonasi munosabati bilan qizg‘in muborakbod etaman!
Hurmat bilan,
Vazir
general-mayor A.Qo‘ldoshev
