Hududlarda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
2024-12-23 10:35:00 / Yangiliklar

Jizzax, Sirdaryo, Xorazm, Andijon va Navoiy viloyatlari FVB rahbarlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar va yosh qutqaruvchilar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Tadbirda, yoshlarni kasbga qiziqtirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash shuningdek, bugungi kunda yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Shu bilan birga, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha tushuntirishlar berilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga oid videoroliklar namoyish etildi.
Uchrashuv so‘ngida faol yoshlarga boshqarma boshliqlarining “Esdalik sovg‘alari” topshirildi.









