Hududlarda keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda
2024-10-15 15:00:00 / Yangiliklar

Unda soha xodimlari aholi yashash xonadonlari, qurilish obyektlari, tunda insonlar qoluvchi maskanlar, savdo markazlari, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlarida tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari hamda talablariga rioya etilishi, is gazidan zaharlanish, botulizm, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazmoqdalar.
Tadbirlar doirasida aniqlangan kamchiliklar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan joyida bartaraf etilib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan fuqarolarga tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu boradagi amaliy harakatlar respublika bo‘ylab davom ettirilmoqda.




