Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik N.B.Kadirov boshchiligida Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish borasida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
2026-10-28 19:50:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik N.B.Kadirov boshchiligida Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, shuningdek, is gazidan zaharlanish va yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida xonadonlardagi isitish moslamalari, gaz jihozlari hamda dudburonlarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, ularning xavfsiz ishlatilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, fuqarolar bilan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilib, ularga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, gaz va isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilmoqda.
