Surxondaryoda hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda
2026-10-28 17:25:00 / Yangiliklar

Mashg‘ulotlar bir nechta o‘quv nuqtalarida olib borilib, ularda shartli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, o‘quv mashqlari davomida tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa mas’ul xizmatlarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, kuch va vositalarni belgilangan vazifalar asosida safarbar etish, boshqaruv va tezkor qaror qabul qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan amaliy harakatlar bajarilmoqda.
Mazkur o‘quv mashqlari favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda mas’ul tashkilotlarning hamjihatlikda harakat qilishga tayyorligini oshirish, mavjud imkoniyatlarni sinovdan o‘tkazish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini kamaytirish samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.









