Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari tomonidan Buxoro shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limida yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining xizmat faoliyati, xizmat intizomiga rioya etilishi hamda jangovar tayyorgarlik holati o‘rganildi
2026-10-26 19:00:00 / Yangiliklar

O‘rganish davomida shaxsiy tarkibning kasbiy tayyorgarligi, favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qilish qobiliyati, shuningdek, yong‘in-qutqaruv texnikalari va maxsus jihozlarning shayligi ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat intizomini mustahkamlash hamda bo‘linmalarning jangovar shayligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.







