Forish tog‘ poligonida boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda
2026-10-26 18:00:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati FVB qutqaruvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Forish tog‘ poligonida boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida qutqaruvchilarning favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qilish, murakkab sharoitlarda qutqaruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
