O‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonun imzolandi
2026-10-21 15:35:00 / Yangiliklar

Mazkur qonun bilan alifbodagi 4 ta harfning yozilishi takomillashtirildi:
O‘ → Ö
G‘ → Ğ
Sh → Ş
Ch → Ç
Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
21-oktabr kuni davlatimiz rahbari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunni imzoladi.
Mazkur tashabbus o‘zbek yozuvidagi mavjud noqulayliklarni bartaraf etish, tilning raqamli makondagi imkoniyatlarini kengaytirish hamda yozuv me’yorlarini takomillashtirishga qaratilgan.
Qayd etilishicha, yangi tartibga o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Amaldagi hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchida qoladi. Darsliklar, peshlavhalar va ko‘rsatkichlar esa foydalanish muddati tugagach, bosqichma-bosqich yangilanadi.
