Favqulodda vaziyatlarda hamkorlikdagi harakatlar sinovdan o‘tkazildi
2026-10-16 16:30:00 / Yangiliklar
"Qamchiq" maxsus qutqaruv boshqarmasi tomonidan "Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni tashuvchi obyekt avariyalarida zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatlarda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Mashq davomida favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda mas’ul xodimlarning tezkor harakatlari, obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining o‘zaro hamkorligi, shuningdek, zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishining oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar sinovdan o‘tkazildi.
O‘quv mashqining asosiy maqsadi — favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarning shayligini oshirish, tezkor qaror qabul qilish hamda hamkorlikdagi harakatlar samaradorligini mustahkamlashdan iborat.









