Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘ida “Jasorat maktablari” o‘quvchilarining tantanali “Va’da berish” marosimi bo‘lib o‘tdi
2026-10-15 20:05:00 / Yangiliklar

Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘ida “Jasorat maktablari” o‘quvchilarining tantanali “Va’da berish” marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari, vazirlik va idoralarning mas’ul rahbarlari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari, faxriylar, OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yosh avlodni Vatanga sadoqat, mardlik va jasorat ruhida tarbiyalash, ularda yuksak fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish muhimligini ta’kidladi. “Jasorat maktablari” o‘quvchilar uchun nafaqat sifatli ta’lim olish, balki mustahkam iroda, intizom va yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish uchun ham muhim imkoniyat ekani qayd etildi.
Marosim davomida o‘quvchilar Vatanga sadoqatli bo‘lish, yurt tinchligini asrash, xalq manfaatlariga xizmat qilish va o‘z burchini sharaf bilan ado etishga va’da berdi.









