Murojaatlar – eʼtibor markazida: Jarqo‘rg‘on tumanida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi
2026-10-14 16:10:00 / Yangiliklar

Bosh prokuror o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Q.Isroilov tomonidan Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralari rahbariyati bilan hamkorlikda ommaviy sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda. Bu gal Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida navbatdagi qabul tashkil etildi. Unda, Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik S.T. Zuparov ham ishtirok etdi.
Qabulda mas’ullar qatnashuvida harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, pensionerlar va yoshlar tinglanib, murojaatlarni shu joyning o‘zida hal etish choralari ko‘rildi.
Shuningdek, huquqiy maslahatlar berilib, ko‘rib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.
Jarayonda mehnat yarmarkasi tashkil etilib, harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.









