Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik S.T.Zuparov boshchiligida Surxondaryo viloyati hududida joylashgan bir nechta bozorlarning yong‘in xavfsizligi holati o‘rganildi
2026-10-13 18:30:00 / Yangiliklar

O‘rganishlar davomida bozor hududidagi kirish-chiqish yo‘laklari, suv manbalari, evakuatsiya yo‘llari, birlamchi o‘t o‘chirish vositalari hamda zamonaviy himoya vositalarining holati ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.




