Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Sotiyev boshchiligida Farg‘ona viloyatidagi bozorlarda o‘quv mashqlari va profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
2026-10-12 11:30:00 / Yangiliklar

Tadbirlar davomida asosiy e’tibor yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida mas’ul tashkilotlarning hamkorlikdagi amaliy harakatlari sinovdan o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, bozor hududlaridagi kirish-chiqish yo‘laklari, suv manbalari, evakuatsiya yo‘llari, yong‘in o‘chirish vositalari hamda zamonaviy yong‘in xavfsizligi qurilmalari bilan jihozlanganlik holati ko‘zdan kechirilmoqda.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olinmoqda.









