Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ilk bor harbiy xizmatchilar o‘rtasida "Eng ilg'or ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar bo'lim boshlig'i" ko‘rik-tanlovi Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tmoqda
2026-10-09 22:10:00 / Yangiliklar

Tanlov davomida harbiy xizmatchilarning jismoniy va kasbiy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilmoqda. Ishtirokchilar to‘rtta shart — jismoniy tayyorgarlik, test sinovlari, kasbiy tayyorgarlik hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etishmoqda.





