Navoiyda bozorlar va savdo obyektlarida xavfsizlik masalalari o‘rganildi
2026-10-09 17:05:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik N. Kadirov rahbarligida Navoiy viloyati FVBda mas’ullar ishtirokida viloyatdagi bozorlar, savdo-ko‘ngilochar maskanlari hamda savdo majmualarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va mavjud xavflarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari rahbarligida Navoiy shahridagi Markaziy dehqon bozori hamda unga tutash savdo obyektlarida tungi vaqtda maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Mashq davomida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda mas’ul xodimlarning tezkor harakat qilishga tayyorgarligi va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga e’tibor qaratildi.







