Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Sotiyev boshchiligida Andijon shahridagi “Jahon savdo kompleksi”da o‘rganish ishlari olib borildi
2026-10-09 16:50:00 / Yangiliklar

O‘rganish davomida savdo majmuasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, mavjud yong‘inga qarshi himoya vositalarining holati, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bunday holatlar yuzaga kelganda tezkor harakat qilishga qaratilgan chora-tadbirlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, savdo majmuasida faoliyat yuritayotgan mas’ullar va tadbirkorlarga yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.




