Samarqand, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida yoshlar bilan ishlash hamda “Jasorat maktablari” faoliyati o‘rganildi
2026-10-09 11:20:00 / Yangiliklar
FVV ishchi guruhi tomonidan hududlarda yoshlar bilan ishlash, ularga biriktirilgan mas’ullarning faoliyati hamda “Jasorat maktablari”dagi ta’lim jarayonlari va mavjud sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida tizimga biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning mavjud muammolarini aniqlash va hal etish, sog‘lomlashtirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “Jasorat maktablari”da yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi hamda moddiy-texnik baza holatiga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Yakunida hududlarda o‘rganish natijalari muhokama qilinib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.









