Toshkent viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganilmoqda
2026-10-08 18:55:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik S.T.Zuparov boshchiligida Toshkent viloyatida mas’ul tashkilotlarning 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasini o‘rganish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar davomida mas’ul tashkilotlar va xizmatlarning kuz-qish kunlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularga tezkor va samarali javob qaytarishga shayligi sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, isitish tizimlarining sozligi, gaz va elektr tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlash hamda tezkor harakat qilish imkoniyatlari o‘rganildi. O‘quv mashg‘ulotlari yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavsumga tayyorgarlik ishlarini yanada kuchaytirish va xavfsizlik choralarini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.









