“Qutqaruvchi boʻlish oson emas”
2026-10-06 09:05:00 / Yangiliklar
Andijon va Sirdaryo viloyatlarida “Volontyor - qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar va fuqarolar o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, volontyorlik harakatini keng targ‘ib etishdan iborat.
Bellashuv davomida ishtirokchilar qutqaruvchilik mahorati, chaqqonlik, tezkorlik hamda favqulodda vaziyatlarda amaliy harakat qilish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan volontyorlar munosib taqdirlandi.
Mazkur musobaqa aholi, ayniqsa, yoshlar orasida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish va “Qutqaruvchi-volontyor”lar safini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.









