XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDAGI TASHRIF
2026-10-02 18:45:00 / Yangiliklar
“Qamchiq” Maxsus qutqaruv boshqarmasi boshlig‘i polkovnik X.Bobonov hamda FVV bosh inspektori podpolkovnik Sh.Samandarovlar Turkiya Respublikasining Konya shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro tadbirda ishtirok etdi.

Ishtirokchilar tomonidan zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or tajribalar hamda soha mutaxassislari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif xalqaro aloqalarni kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish va qutqaruv xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.



