Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tomonidan Uchtepa tumanida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, ijtimoiy-iqtisodiy hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2026-10-02 17:35:00 / Yangiliklar
2-oktabr kuni Uchtepa tumanidagi «Green Eco Park» bog‘ida Akademiyaning 4-bosqich kursantlari hamda malaka oshirish kursi ofitserlari ishtirokida yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Unda xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik va xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, hushyorlikni oshirish, mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

