Xorazmda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Eng yaxshi yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi.
2026-10-02 15:40:00 / Yangiliklar
Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida o‘tkazilgan mazkur tanlov yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirish hamda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Tanlovning respublika bosqichida ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, o‘zaro bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni – FVV Akademiyasi kursanti Ahadov Jon-Muhammad Komiljon o‘g‘li egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin – Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchisi katta leytenant Polvanov Dilshod Polvannazir o‘g‘liga va 3-o‘rin – Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xizmatchisi Ismailov Doston Arslon o‘g‘liga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.






